"YANGIYER DEXQON BOZORI" da donorlik aksiyasi o‘tkazildi!
“Birga hayotni saqlaymiz!” Sirdaryo viloyat qon quyish xodimlari bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi “2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ-19 Qarorining 1-ilova 5.2-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, qon donorligi hamda uning ahamiyati to’g’risida aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilgan holda "YANGIYER DEXQON BOZORI" da donorlik aksiyasi o‘tkazildi! bu aksida bozor axolisini tinchligini qo'riqlayotgan PPX XODIMLARI va QO'RIQLASH XIZMATI xam o'z xissasini qo'shdi. Siz topshirgan qon — og‘ir ahvoldagi bemorlar, operatsiya kutayotgan insonlar va yordamga muhtoj bolalar uchun katta umiddir. Bugun qilgan ezgu ishingiz ertaga kimningdir hayotida yangi sahifa ochadi. Sizning befarq bo‘lmagan yuragingiz — eng katta yordam! Donorlik nafaqat boshqalarga yordam, balki o‘zingiz uchun ham savobli va foydali amal hisoblanadi. Bir tomchi qon — minglab umidlar demakdir!