Yangiliklar

SIRDARYO TUMAN SOG'LIQNI SAQLASH BO'LIMIDA" donorlik aksiysi o'tkazildi.

04.06.2026 713

 Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasi  tibbiyot xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi  “2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-19 Qarori 1-ilova 5-2 bandi  ijrosini taminlash maqsadida bugun "SIRDARYO TUMAN SOG'LIQNI SAQLASH BO'LIMIDA" donorlik aksiysi o'tkazildi. aksiyada qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Barcha hamyurtlarimizni beg’araz donorlikka chaqirib, “Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida muhtoj insonlarni hayotini saqlab qolish yoʼlida qon topshirib, insonparvarlik va mehr-shafqat koʼrsatib, oʼz hissasini qoʼshishga chorlaymiz.