Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasi ma’muriyati va "Adolat" SDP Sirdaryo viloyat Kengashi bilan hamkorlikda
"Bor mehrimiz senga, bolajon!" – Sirdaryoda xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatida begaraz donorlik aksiyasi tashkil etildi.
Ushbu xayriya tadbiri Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasi ma’muriyati va "Adolat" SDP Sirdaryo viloyat Kengashi bilan hamkorlikda yuqori saviyada o‘tkazildi. Aksiyada begaraz qon topshirish istagida bo‘lgan ko‘plab yurtdoshlarimiz faol ishtirok etishdi.
Hamda Guliston tumani FVB va "Elektr tarmoqlari" AJdan 10 nafar xodim, Shirin shahar va Sirdaryo tumani harbiy qismlarining shaxsiy tarkibi, Viloyat qon quyish stansiyasidan 24 nafar ko‘ngilli donor qon topshirishdi. Jami 34 nafar donor ishtirok etgan ushbu tadbir davomida jami 17.328 litr qon tayyorlandi. Jamlangan qon zaxirasi yordamga muhtoj, bemor bolajonlarimizning hayotini saqlab qolish va ularni sog‘lomlashtirish yo‘lida xizmat qiladi.
Bolajonlarimizning quvonchi va salomatligi uchun o‘z hissasini qo‘shgan barcha donorlarga hamda hamkor tashkilotlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!