Sirdaryo viloyat Mirzaobod tuman hokimligi xodimlari donorligi ishtirokida ” Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi o`tkazildi.
Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi “2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi №PQ-19 Qarori ijrosining 1-ilova 6.a. bandi bo’yicha Sirdaryo viloyat Mirzaobod tuman hokimligi xodimlari donorligi ishtirokida ” Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi o`tkazildi. Tadbirda qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Barcha hamyurtlarimizni beg’araz donorlikka chaqirib, “Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida muhtoj insonlarni hayotini saqlab qolish yoʼlida qon topshirib, insonparvarlik va mehr shavqat ko`rsatib,`oz hissasini qo`shishga chorlaymiz.