Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Mehr ulash”Aksiya davomida 20 nafardan ortiq adliya xodimlari ko‘ngilli ravishda, beg‘araz qon topshirishdi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasiga start berildi. Ushbu donorlik aksiyasi qon komponentlariga ehtiyoji yuqori bo‘lgan bemorlar hayotini saqlab qolish, ularning umr davomiyligini uzaytirishga xizmat qiladigan ezgu tashabbusdir. Bugun erta tongdan Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasining sayyor brigadasi viloyat adliya boshqarmasiga yetib keldi. Aksiya davomida 20 nafardan ortiq adliya xodimlari ko‘ngilli ravishda, beg‘araz qon topshirishdi. Bunday xayriya aksiyalari jamiyatimizda mehr-oqibat, inson qadrini ulug‘lash kabi yuksak qadriyatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir topshirilgan qon - bu kimningdir hayotini saqlab qolish deganidir. Adliya organlari xodimlari doimo shunday ezgu ishlarda faol ishtirok etishda davom etadi, -deydi boshqarma boshlig‘i Jahongir Zoxidov.