Xovos "Temiryo'llari" tashkiloti da donorlik aksiyasi o‘tkazildi
Birga hayotni saqlaymiz!” Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi “2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi №PQ-19 Qarorining 1-ilova 5.2-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, qon donorligi hamda uning ahamiyati to’g’risida aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilgan holda Xovos "Temiryo'llari" tashkiloti da donorlik aksiyasi o‘tkazildi Har birimizning kichik hissamiz kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin. Siz topshirgan qon — og‘ir ahvoldagi bemorlar, operatsiya kutayotgan insonlar va yordamga muhtoj bolalar uchun katta umiddir. Bugun qilgan ezgu ishingiz ertaga kimningdir hayotida yangi sahifa ochadi. Sizning befarq bo‘lmagan yuragingiz — eng katta yordam!