Yangiliklar

GULISTON TTB da donorlilik aksiyasi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

20.05.2026 32

“Birga hayotni saqlaymiz!”  Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi  “2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ-19 Qarorining 5,2- bandi 1-ilova   ijrosini ta’minlash maqsadida bugun 18.05. 2026 kun qon donorligi hamda uning ahamiyati to’g’risida aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilgan holda “Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida GULISTON TTB da donorlilik aksiyasi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi Har bir ishtirokchi o‘z hissasini qo‘shib, mehr-oqibat va insonparvarlik fazilatlarini namoyon etdi Tadbir davomida faol qatnashgan donorlarga  minnatdorlik bildirildi va bunday xayriya aksiyalarining ahamiyati yana bir bor ta’kidlandi .Bir tomchi qon — bir inson hayoti! 
Keling, birgalikda hayotlarni saqlaylik!