Guliston Davlat Universitetida "BIRGA XAYOTNI SAQLAYMIZ” shiori ostida donirlik aksiyasi o'tkazildi.
Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi “2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi №PQ-19 Qarorining 1-ilova 5.2-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, qon donorligi hamda uning ahamiyati to’g’risida aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilgan holda, "Guliston Davlat Universitetida "BIRGA XAYOTNI SAQLAYMIZ” shiori ostida donirlik aksiyasi o'tkazildi. Inson hayotida eng bebaho ne’mat – bu sog‘liq va hayotdir. Ba’zan bir tomchi qon kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin. Ana shunday ezgu ishni amalga oshirayotgan insonlar – mehrli qalb egalari, ya’ni donorlar hisoblanadi. Donorlik bu shunchaki qon topshirish emas, balki insonparvarlik, mehr-oqibat va boshqalarga befarq bo‘lmaslikning yorqin namunasidir. Har bir donor o‘zining kichikgina hissasi bilan kimningdir hayotiga umid bag‘ishlaydi, og‘ir ahvoldagi bemorlarga yangi imkoniyat eshigini ochadi. Bugungi kunda donorlik har qachongidan ham muhim. Har birimiz hech bo‘lmaganda bir marotaba donor bo‘lish orqali jamiyatimizga foyda keltira olamiz. Chunki bugun siz topshirgan qon ertaga kimningdir ota-onasi, farzandi yoki yaqin insonini hayotga qaytarishi mumkin.