Yangiliklar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida  donorlik bo’yicha ma’naviy va ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

06.05.2026 69

 Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasi  tibbiyot xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi  “2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi №PQ-19 Qarori  ijrosi  bo’yicha  Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida  donorlik bo’yicha ma’naviy va ma’rifiy tadbir tashkil etildi.  Tadbirda qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Barcha hamyurtlarimizni beg’araz donorlikka chaqirib, “Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida muhtoj insonlarni hayotini saqlab qolish yoʼlida qon topshirib, insonparvarlik va mehr-shafqat koʼrsatib, oʼz hissasini qoʼshishga chorlaymiz.