"Boyavut TTB"da "BIRGA XAYOTNI SAQLAYMIZ” shiori ostida donirlik aksiyasi o'tkazildi.
Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi “2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi №PQ-19 Qarorining 1-ilova 5.2-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, qon donorligi hamda uning ahamiyati to’g’risida aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilgan holda, Sirdaryo viloyati qon quyish stansiyasi bugun "Boyavut TTB"da "BIRGA XAYOTNI SAQLAYMIZ” shiori ostida donirlik aksiyasi o'tkazildi. Donorlik — bu insoniylikning eng oliy ko‘rinishidir. Har bir topshirilgan qon tomchisi kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin. Bugun siz bergan qon ertaga kimningdir onasi, farzandi yoki yaqin insoniga yangi umid beradi.
Keling, befarq bo‘lmaylik! Birgalikda mehr ulashib, hayotlarni asraylik.