2023 yil avgust oyida Sirdaryo viloyat Guliston shaxar Safar-Obod”mehmonxonasiga tashrif buyurib,mehmonxona xodimlariga qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy taʼsiri, tushuntirildi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʼaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʼgʼrisida”gi PQ-348-sonli qarori 1-ilova 8.5-bandi “Begʼaraz qon donorligini muntazam ravishda Internet jahon axborot tarmogʼi, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish. Taʼlim muassasalari (tanaffus paytida), aeroport, temir yoʼl va avtovokzallar, savdo-koʼngilochar majmualar, madaniyat va istirohat bogʼlari, xiyobonlar, mehmonxonalar va boshqa tashkilotlarning lokal tarmoqlari orqali begʼaraz qon donorligi haqidagi audio va videoroliklarni targʼib etish”ni ijrosini taʼminlash maqsadida SVQQS xodimlari 2023 yil avgust oyida Sirdaryo viloyat Guliston shaxar “Nigar” mehmonxonasiga,“Safar-Obod”mehmonxonasiga,“Guliston”mehmonxonasiga tashrif buyurib, mehmonlarga va mehmonxona xodimlariga qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy taʼsiri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Soʼng mehmonxonalarning lokal tarmoqlari orqali begʼaraz qon donorligiga oid videorolik joylashtirildi.