320 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, shundan 209 nafari donor sifatida qon topshirdi. Natijada 110,727 litr qon zaxirasi shakllantirildi.
04.06.2026 77
“Adolat” SDP Sirdaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bor mehrimiz senga, bolajon” donorlik aksiyasi keng jamoatchilikni ezgu maqsad yo‘lida birlashtirdi.Aksiya davomida jami 320 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, shundan 209 nafari donor sifatida qon topshirdi. Natijada 110,727 litr qon zaxirasi shakllantirildi. Mazkur xayriya tadbiri og‘ir xastalikka chalingan bemorlar, ayniqsa bolajonlar hayotini saqlab qolish, tibbiyot muassasalaridagi qon zaxirasini boyitish hamda insonparvarlik qadriyatlarini keng targ‘ib etishga munosib hissa bo‘ldi. Bir tomchi qon – bir inson hayoti demakdir. Ezgu tashabbusda faol ishtirok etgan barcha donorlar va hamkor tashkilotlarga minnatdorlik bildiramiz.