"BOR MEXRIMIZ SENGA BOLAJON" aksiyasi "BOYOVUT TTB"da davom etyapdi
"BOR MEXRIMIZ SENGA BOLAJON"
aksiyasi "BOYOVUT TTB"da davom etyapdi
Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi “2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ-19 Qarorining 1-ilova 5.2-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, qon donorligi hamda uning ahamiyati to’g’risida aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilgan holda SIRDARYO VILOYATI QON QUYISH XODIMLARI bugun, "ADOLAT" SDP bilan xamkorlikda "BOYOVUT TTB" ga tashrif buyurdi. Donorlik bu shunchaki qon topshirish emas, balki insonparvarlik, mehr-oqibat va boshqalarga befarq bo‘lmaslikning yorqin namunasidir. Har bir donor o‘zining kichikgina hissasi bilan kimningdir hayotiga umid bag‘ishlaydi, og‘ir ahvoldagi bemorlarga yangi imkoniyat eshigini ochadi.
Bugungi kunda donorlik har qachongidan ham muhim.