SIRDARYO VILOYATI "IES" da "BOR MEXRIMIZ SENGA BOLAJON" aksiyasi o‘tkazildi!
"BOR MEHRIMIZ SENGA BOLAJON"
aksiyasi "ADOLAT" SDP bilan ko'tarinki ruxda davom etyapdi
Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi “2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ-19 Qarorining 1-ilova 5.2-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, qon donorligi hamda uning ahamiyati to’g’risida aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilgan holda bugun SIRDARYO VILOYATI "IES" da "BOR MEXRIMIZ SENGA BOLAJON" aksiyasi o‘tkazildi! Siz topshirgan qon — og‘ir ahvoldagi bemorlar, operatsiya kutayotgan insonlar va yordamga muhtoj bolalar uchun katta umiddir. Bugun qilgan ezgu ishingiz ertaga kimningdir hayotida yangi sahifa ochadi. Sizning befarq bo‘lmagan yuragingiz — eng katta yordam!
Donorlik nafaqat boshqalarga yordam, balkim o‘zingiz uchun ham savobli va foydali amal hisoblanadi.
Bir tomchi qon — minglab umidlar demakdir!