Yangiyer dehqon bozori
YANGIYER DEHQON BOZORIDA DONORLIK AKSIYASI KO‘TARINKI KAYFIYATDA O‘TKAZILDI!
O'zbekiston Resbublikasi Prezdentining 2026 yil 20- yanvardagi "2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomilashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-19 qarorining 1-ilova 5.2 bandini ijrosini taminlash maqsadida Bugun Yangiyer dehqon bozorida tashkil etilgan “Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostidagi DONORLIK AKSIYASI yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Aksiyada bozor tadbirkorlari, fuqarolar hamda doimiy donorlar faol ishtirok etib, o‘zlarining insonparvarlik va saxovat namunalarini namoyon etdilar.
Ayniqsa, aksiyada qatnashgan XOJI BOBOLARIMIZ VA XOJI ONALARIMIZNING SAMIMIY DUOLARI tadbirga o‘zgacha fayz va baraka bag‘ishladi. Ularning ezgu tilaklari va duolari ostida o‘tgan ushbu xayrli tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
BEG‘ARAZ TOPSHIRILGAN HAR BIR TOMCHI QON — INSON HAYOTINI SAQLAB QOLISH UCHUN MUHIM QADAMDIR! CHUQUR MINNATDORCHILIK BILDIRAMIZ!
BIRGA HAYOTNI SAQLAYMIZ!