“Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida donorlik aksiyasi
Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasining sayyor mobil guruhi Sirdaryo Viloyati bojxona boshqarmasida “Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida donorlik aksiyasi tashkil qilindi. Aksiyada bojxona xodimlari ko’ngilli ravishda faol ishtirok etishdi. Aksiyani o’tkazishdan maqsad - hamyurtlarimizni beg’araz donorlikka chaqirib, muhtoj insonlarni hayotini saqlab qolish yoʼlida qon topshirib, insonparvarlik va mehr-shafqat koʼrsatish, onkogematologik va davolash qiyin boʼlgan kasalliklarga chalingan bemorlar hayotini saqlab qolishga oʼz hissasini qoʼshib, faol ishtirok etishga chorlaydi.Аksiya davomida yigʼilgan donor qonlari laboratoriya boʼlimida gemotransmissiv infeksiyalarga tekshirilib, qayta ishlanib bemorlarga sifatli qon mahsulotlari tayyorlab beriladi