Yangiliklar

Boyovut TTBda donorlik aksiyasi yuqori kayfiyat va faol ishtirok bilan o‘tkazildi.

20.05.2026 27

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi "2026 -2030  yilllarda qon bilan ishlash  xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida"gi PQ - 19 -  Qarorining 1-ilova 5.2-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Bugun Boyovut TTBda donorlik aksiyasi yuqori kayfiyat va faol ishtirok bilan o‘tkazildi.  Har bir topshirilgan qon kimningdir hayotiga umid, kim uchundir yangi imkoniyatdir.Barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz! Birgalikda mehr ulashamiz, birgalikda hayotni saqlaymiz! 
Аksiya davomida yigʼilgan donor qonlari laboratoriya boʼlimida gemotransmissiv infeksiyalarga tekshirilib, qayta ishlanib bemorlarga sifatli qon mahsulotlari tayyorlab beriladi..
Donorlik — bu shunchaki qon topshirish emas, bu insoniylikning eng oliy ko‘rinishidir. Bugungi sayyor qabulda to‘plangan qon zaxiralari shifoxonalarda og‘ir ahvoldagi bemorlar, jarrohlik amaliyotini o‘tayotgan yurtdoshlarimiz hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.