Ushbu aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, tibbiy-ijtimoiy
ko‘makka muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash, harbiy xizmatchilarni ko‘ngilli
ravishda qon topshirishi orqali insonlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda
insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Taʼkidlash joizki, beg‘araz donorlik aksiyasida turli
kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan bemorlarga
hayot bag‘ishlash va ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shishdek xayrli va
savobli ishga bel bog‘lagan harbiy xizmatchi va xodimlarimiz ixtiyoriy ravishda
qon topshirdilar.