Sayyor guruhi bugun 86528 xarbiy qismda "Birga hayotni saqlaymiz" shiori ostida donorlik aksiyasi o'tkazildi.
Birga hayotni saqlaymiz" shiori ostida donorlik aksiyasi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 - yil 20- yanvardagi PQ -19 - Qarori 6-b bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Sirdaryo viloyati Qon Quyish Stansiyasining Sayyor guruhi bugun 86528 xarbiy qismda "Birga hayotni saqlaymiz" shiori ostida donorlik aksiyasi o'tkazildi.
Sizning kichkina yordamingiz kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin. Donorlik – bu insonparvarlikning eng oliy ko‘rinishlaridan biri . Har bir topshirilgan qon tomchisi og‘ir ahvoldagi bemorlarga yangi umid yangi hayot baxsh etadi. Sizni “Birga hayotni saqlaymiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan donorlik aksiyasida faol ishtirok etishga chorlaymiz . Keling, birgalikda ezgulik qilaylik, kimningdir yuragini yana urdiraylik!