Yangiliklar

Boyovut tumani  oilaviy poliklinika

29.04.2026 9

Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi  “2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi №PQ-19 Qarorining 1-ilova 5.2-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, qon donorligi hamda uning ahamiyati to’g’risida aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilgan holda, Boyovut tumani  oilaviy poliklinikada   fuqarolarning ixtiyoriy donorlik aksiyalari tashkil etilib, qon topshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlar olib borildi.  Suhbat jarayonida: laboratoriya bo'limi  shifokor- laboranti R.Saidqulov tomonidan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Ushbu aksiyada beg`araz qon topshirgan donorlar rag`batlantirildi