Yangiliklar

Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan donorlik aksiyasi

29.04.2026 10

Sirdaryo viloyati qon quyish markazida viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan donorlik aksiyasi o‘tkazildi. Kimningdir hayotini saqlab qolish, kimningdir sog'ayib ketishiga sababchi bo'lishdek ulkan baxt barchaga ham nasib etmaydi. Beg‘araz donorlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, mehr-oqibat va jamoaviy mas’uliyatni shakllantirish maqsad qilingan mazkur aksiyada yoshlar yetakchilari va ko'ngilli yoshlar ishtirok etdi. Ko'ngilli donorlardan olingan qondan shifoxonalardagi og'ir bemorlar, bolalar va keksalar uchun ko'mak sifatida foydalaniladi.