Yangiliklar

Kuni kecha Аndijon viloyati “Qoʼriqlash” boshqarmasi xodimlari “Men donorman” shiori ostidagi xayriya qon topshirish aktsiyasida faol ishtirok etishdi

07.11.2023 276
Ushbu aksiya davomida Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari, boshqarmaga tashrif buyurgan mobil donorlik kompleksida viloyat qon quyish markazi tibbiy mutaxassislarga begʻaraz qon topshirdilar.

Donor oʻz qoni bilan inson hayotini saqlab qolishi mumkin, chunki turli noyob jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli kechishida, onkologik va gematologik kasalliklarni davolashda, baxtsiz hodisalarda qon yoʻqotgan bemorlarga shifo boʻladi degan umiddamiz!