2024-yil 20-avgust kuni o`tkazilgan aksiyada 10 nafar donorlardan 4 litr 104 ml qon olindi.
Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublika qon xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg`araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi № PQ 348-sonli qarorining 1-ilova 6.3-bandi “O`rta maxsus professional va oliy ta`lim muassasalari, Mudofaa vazirligi va ichki ishlar vazirligi tizimidagi muassasalarda beg`araz donorlik harakatini tashkil qilish”ni ijrosini ta’minlash maqsadida, Guliston tuman qo`riqlash bo`limida donorlik aksiyalari tashkil etilib, qon topshirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 2024-yil 20-avgust kuni o`tkazilgan aksiyada 10 nafar donorlardan 4 litr 104 ml qon olindi. Suxbat jarayonida: donorlik bo'limi mudirii M.Aliqulova tomonidan berilgan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Ushbu aksiyada beg`araz qon topshirgan donorlar PQ 348-sonli qaroriga asosan rag`batlantirildi.