Yangiliklar

Qon bilan ishlash xizmati muassasalariga 13 ta koʼchma donorlik kompleksi — maxsus avtobuslar topshirildi

16.03.2023 947
Poytaxtimizdagi "Texnopark" majmuasida Respublika qon quyish markazining hududlardagi qon bilan ishlash xizmati muassasalariga 13 ta koʼchma donorlik kompleksi — maxsus avtobuslarni topshirishga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi

🚐 Poytaxtimizdagi "Texnopark" majmuasida Respublika qon quyish markazining hududlardagi qon bilan ishlash xizmati muassasalariga 13 ta koʼchma donorlik kompleksi — maxsus avtobuslarni topshirishga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtgani haqida xabar berilgan edi.

🛏 "ISUZU HC40” rusumli avtotransport vositalari negizida tayyorlangan ushbu koʼchma donorlik majmualari maxsus karavot, muzlatkich, gemokonteyner, havoni tozalashga moʼljallangan bakteriyaga qarshi lampalar, konditsioner hamda yoritkichlar bilan jihozlangan. Unda bir vaqtning oʼzida 3 nafar donordan qon olish mumkin.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali bu haqda batafsil tanishasiz.

Sogʼliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.