Mamlakatimizda mobil donorlikni rivojlantirishga imkon beradigan yangiliklar
17.03.2023 1800
Keyingi yillarda yurtimizda noyob yurak operatsiyalari, inson tana aʼzolarini koʼchirib oʼtkazish kabi murakkab jarrohlik amaliyotlari yoʼlga qoʼyilishi hamda xavfli kasalliklar diagnostikasining yaxshilanishi sababli sifatli qon komponentlariga boʼlgan ehtiyoj yanada ortdi.
Respublika qon quyish markazining hududlardagi qon bilan ishlash xizmati muassasalariga 13 ta koʼchma donorlik kompleksi – maxsus avtobuslar topshirilishi bu muammo yechimiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Yuqoridagi videolavha yurtimizda sayyor donorlikni rivojlantirish, hududlarda sifatli qon komponentlarini yigʼish ishlarini samarali tashkil etish imkonini beradigan mazkur yangilik ahamiyatiga bagʼishlangan.
Sogʼliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.