2024 odam 13 yanvar o'tkazilgan Aktiyada 8 nafar donorlardan 4.104 litr qo'n oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublika qon xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi o‘rtasida ixtiyoriy donorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati Oq-Olint tumanidagi “Qashshoqlikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish” markazida Sirdaryo viloyati qon markazi, mahalliy qon quyish stansiyasi, ijro hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini jalb qilgan holda donorlik aksiyalari tashkil etildi. xayriya tushuntirish ishlari olib borildi. 2024-yil 13-yanvar kuni o‘tkazilgan aksiyada 8 nafar donordan 4104 litr qon olindi.Suhbat davomida donorlikning ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta’siri, qon topshirish tartibi va qoidalari va uning tarkibiy qismlarini laboratoriya bo‘limi laboranti R.Saitqulov tushuntirib berdi. Ushbu aksiyada barcha xodimlar faol ishtirok etib, bepul qon topshirishdi. Tekin qon topshirgan donorlar PQ 348 ga muvofiq taqdirlandilar.