Yangiliklar

2025-yil 5-dekabrda 18 nafar donorlardan   7 litr 296 ml qon olindi.

10.12.2025 137

Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining   2022-yil 9-avgustdagi “Respublika qon xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi № PQ 348-sonli qarorining 1-ilova 7.4-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini jalb qilingan holda, “Boyovut TTB”da fuqarolarning ixtiyoriy donorlik aksiyalari tashkil etilib, qon topshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlar olib borildi. 2025-yil 5-dekabrda 18 nafar donorlardan   7 litr 296 ml qon olindi. Suxbat jarayonida: qonni qayta ishlash bo'lim  shifokori G.Karaxanova tomonidan berilgan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Ushbu aksiyada beg`araz qon topshirgan donorlar PQ 348 sonli qaroriga asosan rag`batlantirildi