Yangiliklar

2024-yil 27-avgustda 13 nafar donorlardan 5 litr 301 ml qon olindi.

28.08.2024 415

Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublika qon xizmati muassasalari faoliyatini yanada  takomillashtirish  va  aholi  orasida beg`araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi № PQ 348-sonli qarorining 1-ilova 7.4-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish  organlarini jalb qilgan holda, “Sirdaryo suv ta`minoti” Guliston shahar bo`limida fuqarolarning ixtiyoriy donorlik aksiyalari tashkil etilib, qon topshirish bo‘yicha tushuntirish ishlar olib borildi. 2024-yil 27-avgustda 13 nafar donorlardan 5 litr 301 ml qon olindi. Suxbat jarayonida: donorlik bo'limi mudiri M.Aliqulova tomonidan berilgan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Ushbu aksiyada beg`araz qon topshirgan donorlar PQ 348-sonli qaroriga asosan rag`batlantirildi.