Yangiliklar

2024 yil 25-iyulda  6 nafar donorlardan 2 litr, 394 ml qon olindi.

29.07.2024 310

Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublika qon xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg`araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi № PQ 348-sonli qarorining 1-ilova 7.4-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini jalb qilingan holda, “Sardoba tumani ichki ishlar bo’limi "da  fuqarolarning ixtiyoriy donorlik aksiyalari tashkil etilib, qon topshirish bo‘yicha tushuntirish ishlar olib borildi.  2024 yil 25-iyulda  6 nafar donorlardan 2 litr, 394 ml qon olindi. Suxbat jarayonida: laboratoriya bo'limi shifokor laboranti R.Saidqulov tomonidan berilgan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Ushbu aksiyada beg`araz qon topshirgan donorlar PQ 348-sonli qaroriga asosan rag`batlantirildi.