Yangiliklar

2024-yil 22-avgustda 10 nafar donorlardan  5 litr 016 ml qon olindi.

23.08.2024 351

Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublika qon xizmati muassasalari faoliyatini yanada  takomillashtirish  va  aholi  orasida beg`araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi № PQ 348-sonli qarorining 1-ilova 7.4-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish  organlarini jalb qilgan holda, Boyovut tuman tibbiyot birlashmasida fuqarolarning ixtiyoriy donorlik aksiyalari tashkil etilib, qon topshirish bo‘yicha tushuntirish ishlar olib borildi. 2024-yil 22-avgustda 10 nafar donorlardan  5 litr 016 ml qon olindi. Suxbat jarayonida: laboratoriya bo'limi shifokor laboranti SH.Bo`riyeva tomonidan berilgan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Ushbu aksiyada beg`araz qon topshirgan donorlar PQ 348-sonli qaroriga asosan rag`batlantirildi.