Yangiliklar

2026-yil 31-yanvarda 14 nafar donorlardan    5 litr 087 ml qon olindi.

06.02.2026 90

Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi  “2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi №PQ-19 Qarorining 1-ilova 5.2-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, qon donorligi hamda uning ahamiyati to’g’risida aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilgan holda, Sardoba TTB da  fuqarolarning ixtiyoriy donorlik aksiyalari tashkil etilib, qon topshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlar olib borildi. 2026-yil 31-yanvarda 14 nafar donorlardan    5 litr 087 ml qon olindi. Suhbat jarayonida: laboratoriya bo'limi  shifokor- laboranti R.Saidqulov tomonidan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Ushbu aksiyada beg`araz qon topshirgan donorlar rag`batlantirildi.