Yangiliklar

2024-yil 28 avgust kuni 12 nafar donorlardan 5 litr 016 ml qon olindi.

29.08.2024 403

Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublika qon xizmati muassasalari faoliyatini  yanada  takomillashtirish  va  aholi  orasida beg`araz donorlik harakatini  rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi № PQ 348-sonli qarorining 1-ilova 7.4-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish  organlarini jalb qilgan holda, “Guliston shahargaz” gazta`minoti  bo`limida fuqarolarning ixtiyoriy donorlik aksiyalari  tashkil etilib, qon topshirish bo‘yicha  tushuntirish  ishlar olib borildi. 2024-yil 28 avgust kuni 12 nafar donorlardan 5 litr 016 ml qon olindi. Suxbat jarayonida: donorlik bo'limi mudiri M.Aliqulova tomonidan berilgan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Ushbu aksiyada beg`araz qon topshirgan donorlar PQ 348-sonli qaroriga asosan rag`batlantirildi.