Yangiliklar

 2024 yil 19-iyulda  14 nafar donorlardan 5 litr, 586 ml qon olindi.

20.07.2024 390

Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublika qon xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg`araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi № PQ 348-sonli qarorining  1-ilova 7.4-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini jalb qilingan holda, “8-sonli tergov hibisxonasi"da  fuqarolarning ixtiyoriy donorlik aksiyalari tashkil etilib, qon topshirish bo‘yicha tushuntirish ishlar olib borildi.  2024 yil 19-iyulda  14 nafar donorlardan 5 litr, 586 ml qon olindi. Suxbat jarayonida: laboratoriya bo'limi shifokor laboranti R.Saidqulov tomonidan berilgan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Ushbu aksiyada beg`araz qon topshirgan donorlar PQ 348-sonli qaroriga asosan rag`batlantirildi.