Yangiliklar

2025 yil 19 dekabr kuni 22 nafar donorlardan 9 litr 252 ml sof qon olindi.

20.12.2025 98

Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 avgustdagi "Respublika qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʼaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʼgʼrisida"gi № PQ 348-sonli qarorining 1-ilova 6.3-bandi “Oʼrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari, Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tizimidagi muassasalarda begʼaraz donorlik harakatini tashkil qilish”ni ijrosini taʼminlash maqsadida hamda “Qon donorligi haftaligi” doirasida donorlik aksiyasi tashkil etildi. 2025 yil 19 dekabr kuni aksiya Sirdaryo Viloyati Yangiyer shahri № 9252-harbiy qism bilan hamkorlikda oʼtkazildi. Suhbat jarayonida: laboratoriya bo'limi shifokor- laboranti R.Saidqulov tomonidan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy taʼsiri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Koʼngilli 22 nafar donorlardan 9 litr 252 ml sof qon olindi. Soʼng begʼaraz qon topshirgan donorlar PQ 348-sonli qarorga asosan ragʼbatlantirildi.