2024 yilning 17 avgust kuni 5 nafar donorlardan 1 litr, 995ml qon olindi.
Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 avgustdagi "Respublika qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg`araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to`g`risida"gi № PQ 348-sonli qarorining 1-ilova “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg`araz donorlik dasturi ” 13.2-bandi Sayyor donorlik ko`lamini kengaytirish. Sayyor donorlik sessiyalarini aholi uchun qulay joylarda va vaqtlarda, shu jumladan dam olish va bayram kunlari, yirik savdo komplekslari, bozorlar, metro stansiyalari, sayohat bog`lari va aholi gavjum bo`lgan joylarda tashkil etish belgilanganligini inobatga olib, ushbu bandni ijrosini ta`minlash maqsadida Yangier shahar dehqon bozorida donorlik aksiyasi tashkil etilib, qon donorligi bo`yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 2024 yilning 17 avgust kuni 5 nafar donorlardan 1 litr, 995ml qon olindi. Suhbat jarayonida: laboratoriya bo'limi shifokor laboranti SH.Bo`riyeva tomonidan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi.Ushbu aksiyada beg`araz qon topshirgan donorlar PQ 348-sonli qarorga asosan rag`batlantirildi.