Yangiliklar

2024-yil 16 avgust kuni 11 nafar donorlardan 4 litr 389 ml qon olindi.

19.08.2024 339

Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublika qon xizmati muassasalari faoliyatini yanada  takomillashtirish  va  aholi  orasida beg`araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi № PQ 348-sonli qarorining 1-ilova 5.3-bandini  ijrosini ta`minlash maqsadida, Guliston shahar Do`stlik qo`rg`oni “Tavxid” jome-masjidida donorlik aksiyalari tashkil etilib, qon topshirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 2024-yil 16 avgust kuni 11 nafar donorlardan 4 litr 389 ml qon olindi. Suxbat jarayonida: donorlik bo'limi mudiri M.Aliqulova tomonidan berilgan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Ushbu aksiyada beg`araz qon topshirgan donorlar PQ 348-sonli qaroriga asosan rag`batlantirildi.