15-fevral — “Saratonga chalingan bolalar kuni” munosabati bilan Sirdaryo viloyati OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari viloyat Qon quyish stansiyasida “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etdi.

🎗️Aksiya saraton kasalligiga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning sog‘ligini tiklash jarayonida qon donorligining muhim ahamiyatini jamoatchilikka yetkazishga qaratildi.
🕯
Tadbir davomida markaz xodimlari qon topshirib, og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bolalar hayotini saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
🌼Ishtirokchilar bunday ezgu tashabbuslar inson salomatligi uchun beqiyos ahamiyatga ega ekanini, ayniqsa, og‘ir dard bilan kurashayotgan bolalar uchun har bir donor qoni umid va hayot manbai ekanini alohida ta’kidlashdi.
❤️
“Men donorman” aksiyasi orqali jamiyatda xayriya, bag‘rikenglik va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga erishildi. Shu kabi ezgu tadbirlarni davom ettirish rejalashtirilmoqda.