2024 yil 14 oktyabrda 6 nafar donorlardan 2 litr, 394 ml qon olindi.
Sirdaryoviloyatqon quyish stansiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublikaqon xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg`araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi № PQ 348-sonli qarorining 1-ilova 7.4-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini jalb qilingan holda, “Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasi”da fuqarolarning ixtiyoriy donorlik aksiyalari tashkil etilib, qon topshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlar olib borildi. 2024 yil 14 oktyabrda 6 nafar donorlardan 2 litr , 394 ml qon olindi. Suxbat jarayonida: donorlik bo'limi mudiri M.Aliqulova tomonidan berilgan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Ushbu aksiyada beg`araz qon topshirgan donorlar PQ 348-sonli qaroriga asosan rag`batlantirildi.