2024 yil 12 Oktyabrda 7 nafar donorlardan 2 litr, 793 ml qon olindi.
Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 avgustdagi “Respublika qon xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg`araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi № PQ 348-sonli qarorining 1-ilova 7.4-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini jalb qilingan holda, “ Shirin shahar ichki ishlar bólimi”da fuqarolarning ixtiyoriy donorlik aksiyalari tashkil etilib, qon topshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlar olib borildi. 2024 yil 12 Oktyabrda 7 nafar donorlardan 2 litr, 793 ml qon olindi. Suxbat jarayonida: laboratoriya bo'limi shifokor laboranti R.Saidqulov tomonidan berilgan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Ushbu aksiyada beg`araz qon topshirgan donorlar PQ 348 sonli qaroriga asosan rag`batlantirildi.