Yangiliklar

2024 yilning  10 sentyabr  kuni  30 nafar donorlardan 11 litr, 970ml  qon olindi.

11.09.2024 300

Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022 yil 9 avgustdagi  "Respublika qon bilan ishlash  xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish  va aholi orasida beg`araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to`g`risida"gi № PQ 348-sonli  qarorining 1-ilova “Respublikada qon bilan ishlash  xizmati muassasalari faoliyatini  yanada  takomillashtirish va  aholi orasida  beg`araz  donorlik  dasturi ” 13.2-bandi Sayyor donorlik ko`lamini kengaytirish. Sayyor donorlik sessiyalarini aholi uchun qulay joylarda va vaqtlarda, shu jumladan  dam olish va bayram kunlari, yirik savdo komplekslari,  bozorlar,  metro stansiyalari,  sayohat bog`lari va aholi gavjum bo`lgan joylarda  tashkil etish belgilanganligini inobatga olib, ushbu bandni ijrosini ta`minlash maqsadida Sirdaryo tumani 525-sonli Safarbarlik chaqiruv batalonida donorlik aksiyasi tashkil etilib, qon donorligi bo`yicha tushuntirish  ishlari olib borildi. 2024 yilning  10 sentyabr  kuni  30 nafar donorlardan 11 litr, 970ml  qon olindi. Suhbat jarayonida: laboratoriya bo'limi shifokor laboranti SH.Bo`riyeva tomonidan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy ta`siri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi.Ushbu  aksiyada  beg`araz qon topshirgan donorlar   PQ 348-sonli   qarorga asosan  rag`batlantirildi.