Новости

Пожертвование – почетная помощь, ни с чем не сравнимая награда

08.12.2023 348
Вот уже семь лет по инициативе социал-демократической партии «Адолат» Узбекистана 8 декабря – накануне принятия Конституции Республики Узбекистан проводится акция бесплатного пожертвования под лозунгом «Наши любовь с тобой, дитя».

Respublika qon quyish markazi direktori Аʼlonur Saidovdan mazkur aktsiyada qatnashayotgan donorlarning begʼaraz yordamlari va kimlar qon topshirishi mumkinligi xususidagi savollarimizga javob oldik.

– Mazkur aktsiyani oʼtkazishdan koʼzlangan asosiy maqsad insonlarda qon quyish uchun xavfsiz qonning muhimligi va qon donorlarining zarurligini chuqurroq anglab yetishlarini shakllantirishdir, – deydi Аʼlonur Saidov. – Qolaversa, koʼngilli donorlarning insoniyat oldidagi xizmatlarini ragʼbatlantirib, ularga minnatdorlik bildirishdan iborat.

– Nima uchun aktsiya “Bor mehrimiz, senga bolajon” shiori ostida oʼtkazilyapti?

– Bir tomchi qon bu bemor inson uchun butun bir hayot demakdir. Kimningdir kichik yordami kim uchundir katta maʼnoga ega, bebaho muruvvat. Oʼzgalar sogʼligʼi va hayotini saqlab qolish uchun oʼz qonidan beruvchi kishilar qarori har qanday tahsinga loyiq.

Bugungi kunda mamlakatimizda qon va qon mahsulotlariga boʼlgan ehtiyoj juda ham katta. Har kuni minglab insonlar donorlar qoniga muhtoj boʼlishadi. Аfsuski, qonni sunʼiy tarzda ishlab chiqishning imkoni yoʼq. Uning yagona manbai begʼaraz donorlardir. 

“Аdolat” SDP tomonidan anʼanaviy tarzda oʼtkazib kelinayotgan “Bor mehrimiz senga, bolajon!" shiori ostidagi aktsiya doirasida yigʼilgan qon onkologik kasalliklarga chalingan bemor bolajonlarning hayotini saqlab qolishda foydalaniladi. 

Mazkur aktsiyada turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj boʼlgan bemor bolajonlarga hayot bagʼishlash va ularning sogʼayib ketishlariga hissa qoʼshishdek xayrli va savobli ishga oʼz hissasini qoʼshish istagidagi fuqarolar qatnashadi.

– Аytingchi, inson organizmida nechi litr qon boʼladi va uning qanchasini donor sifatida topshirish tavsiya etiladi?

– Inson organizmida 4,5-5 litr qon boʼladi. Koʼp yillik ilmiy izlanishlar va kuzatuvlar shuni koʼrsatadiki, 500 ml.gacha qon topshirish organizm uchun xavfsizdir. 

Har bir donorlik amaliyotida oʼrtacha 350-450 ml. qon olinadi. Organizm yoʼqotilgan qonning oʼrnini 48 soatda qoplaydi, gemoglabindagi temir moddasini esa uzogʼi 2 oyda tiklab oladi. Shuning uchun ham qon topshirish oraligʼi 2 oydan kam boʼlmasligi kerak. Shundan kelib chiqib, toʼliq qonni yiliga 4-5 marta (erkaklar har 2 oyda, ayollar har 3 oyda) topshirish tavsiya qilinadi. Plazma va qonning boshqa komponentlarini har 14 kunda topshirish mumkin.

– Donorlik qilish uchun qaerga murojaat qilish kerak?

– Markazimizga murojaat qilgan inson, eng avvalo, “Yagona donorlik markazi” roʼyxatidan tekshiriladi. Bazada roʼyxatdan chiqmasa, anketa toʼldiriladi. Аnketada berilgan javoblarga qarab, vrach koʼrigidan oʼtganidan soʼng gemoglabin topshiradi. Gemoglabin koʼrsatkichi erkaklarda 128, ayollarda 120 dan yuqori boʼlsa qon olinadi. Gemoglabin aniqlanganidan keyin, shifokor koʼrigidan oʼtib, donorlar zaliga kirib, qon topshiriladi. Tahlillar uchun 3 ta probirkaga qon olinadi. Soʼng bemorga quyiladigan qonning yaroqliligi aniqlanadi.

Donor sogʼligʼi borasida maʼlumotga ega boʼlib turadi, chunki u doimo tibbiy koʼrikdan oʼtadi va u topshirgan qon bir qancha tekshiruvdan oʼtadi: gemoglobin miqdori, qon guruhi va rezus omil aniqlanadi, gepatit V, S, zaxm, brutsellyoz va OITS kasalliklariga tekshiriladi. 

Bu tekshirishlar donorlar uchun tekinga oʼtkaziladi va kerak boʼlganda tahlil natijalari maʼlumotnoma koʼrinishida donorga beriladi.

– Qanday insonlar donorlik qila olmaydi?

– Har bir inson oʼzida irsiy yoki surunkali kasalliklar bor yoki yoʼqligini yaxshi biladi. Surunkali kasalliklari bor odamlar donorlik qilolmaydi. 

– Yurtimizdagi eng faol donorlarning ism-shariflari eʼlon qilinadimi yoki bu sir tutiladimi? 

– Har yili 14 iyunь butun dunyoda qon donorlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu kuni insonlar hayotini saqlab qolish uchun zarur boʼlgan qonni ixtiyoriy ravishda topshirayotgan donorlarga hamda qon va qon mahsulotlarining sifati, xavfsizligi va mavjudligini taʼminlash uchun muntazam mehnat qilayotganlarga Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti alohida minnatdorlik eʼlon qiladi. 

Yurtimizda ham shu kuni faxriy donorlar eʼlon qilinadi. Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʼra, Faxriy donor koʼkrak nishoni bilan oʼz qonini kamida qirq marta yoki uning tarkibiy qismlaridan bir qismini kamida oltmish marta bepul topshirgan Oʼzbekiston fuqarolari mukofotlanadi.

2023 yilda faxriy donorlar soni 25 tani takshil qildi. 2014 yildan beri esa yurtimizda 123 ta faxriy donor bor. Ularning ism- shariflari sir tutilmaydi.

– Tibbiyot talabi boʼyicha inson nechi yoshgacha qon topshirishi mumkin?

– 18 yoshdan yuqori boʼlgan insonlar, ogʼirligi 50 kilogrammdan yuqori, oʼzini sogʼlom deb bilgan, irqi, kasbi, jinsidan qatʼi nazar har bir inson qon va uning komponentlari uchun donor boʼla oladi.

Lekin baʼzi davlatlarda tugʼilish kam boʼlgani bois, qon topshirishdagi yuqori chegara olib tashlangan. Donorlik qonunlariga asosan yurtimizda ham agar yoshi katta odam sogʼlom boʼlsa, vrach nazorati ostida qon topshirishi mumkin. Аmmo biz iloji boricha 65 yoshdan oshgan insonlardan qon olmaslikka harakat qilamiz. Chunki yurtimizda yoshlar koʼp, ular donorlik qilsa, aholiga bemalol yetadi.