русский o'zbekcha ўзбекча обычная версия мобильная версия версия для слабовидящих флаг гимн герб


Вы находитесь здесь: Всё о крови >> Информация для доноров

Информация для доноров

Transfuziologiyada tez - tez qo’llanadigan atamalarni bilish juda maqsadga muvofiq. Chunki, Donorlar so’rovnomalarni to’ldirganda, shifokor bilan suhbat paytida bu atamalar bilan juda ko’p duch keladilar. Xodimlarimiz va donorlarimiz o’zaro bir - birlarini tushunishlarini osonlashtirish uchun va tibbiy bilimlarini oshirishlari uchun mazkur atamalarni bilib qo’yish kerak.

AFEREZ – qon tarkibini ajratish yo’li bilan uning komponentlarini olish usuli. Qon tarkibidagi kerakli komponentlarini olib qolib, qolgan qismini Donorga qaytarish.

AGGLYUTINATSIYA – donor qonining eritrotsitlari bilan bemor qonining eritrotsitlari bir-biriga yopishib qolishi.

ANEMIYA – kamqonlik kasalligi.

DONATSIYA – Donor qoni yoki komponentlarini olish jarayoni.

DONOR – meditsina maqsadlarida qon va uning komponentlarini topshiruvchi shaxs. (ichki a’zolarni topshiruvchi Donorlar ham mavjud).

DONOR QONI – Donordan olingan, tarkibi komponentlarga ajratilgan, bemorga quyish uchun tozalanib qayta ishlangan qon.

ERITROTSITLAR – qizil qon tanachalari.

FAGOTSITOZ – leykotsitlarning organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuborish jarayoni.

GEMOFILIYA – qon ivish xossasining kamayish kasalligi.

GEMOTRANSFUZIYA (QON QUYISH) – davolash maqsadida bemor tomiriga Donor qoni yoki uning komponentlarini quyish jarayoni.

KRIOKONSERVALASH – qon komponentlarini past darajadagi temperatura yordamida ma’lum muddat saqlab turish texnologiyasi.

LEYKOTSITLAR – oq qon tanachalari.

QON KOMPONENTLARI – Donor qonidan ajratib olingan va davolash marqsadlarda foydalaniladigan hujayralar (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) yoki plazma.

QON REINFUZIYASI – resipient yoki Donorning qonini o’ziga qaytarib quyilishi.

RETSIPIENT – qon yoki uning komponentlarini qabul qiluvchi shaxs (bemor).

TRANSFUZIOLOGIYA – qon va uning komponentlarini quyish jarayonida kelib chiqadigan muammolarni, qon gruppalarini, qon bilan bog’liq bo’lgan masalalarni, qon yordamida davolash yo’llarini o’rganivchi gemotologiyaning bo’limi.

TROMBOTSITLAR – qon plastinkalari.

LEYKOTSITOZ – leykotsitlar sonining ko’payishi.

LEYKOPENIYA - leykotsitlar sonining kamayishi.

Медиа: